Isi
Samarqandda elektr inspektorlari body-kamera va planshetlar bilan ta’minlandi Samarqand shahri va Samarqand tumani elektr ta’minoti inspektorlariga 54 ta body-kamera topshirildi. Ushbu qurilmalar joylardagi tekshiruvlar, iste’molchilar bilan muloqot hamda inspeksiya jarayonlarini audio va video ko‘rinishda qayd etish imkonini beradi. Energetika vazirligi matbuot xizmatining ta’kidlashicha, bu chora shaffoflikni oshirish, korrupsiya holatlarining oldini olish va iste’molchi bilan munosabatlarni raqamlashtirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJning "Energosavdo" Samarqand filialida “E-dalolatnoma” tizimi ishga tushirildi. Tuman va shahar elektr ta’minoti korxonalariga 158 dona planshet ajratildi. Endilikda inspektorlar dalolatnomalarni elektron shaklda rasmiylashtirib, tizimga kiritadi. Bu esa hujjatlarni tezkor qayd etish, hisobga olish va ijrosini ta’minlash imkoniyatini kengaytiradi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube