Isi
Samarqandda daraxtlar atay quritilmoqda, masʼullar jim Avvalroq Samarqand shahrida qurilish hududida daraxtlar osti betonlab yuborilgani aniqlanib, Ekologiya inspeksiyasi tomonidan bartaraf etilgani va masʼullar ogohlantirilgani xabar qilingandi. Biroq tahririyatga kelib tushgan murojaatlarga ko‘ra, daraxtlar baribir xavf ostida. Fuqarolarning taʼkidlashicha, daraxt ildizlariga benzin va moy quyilgan, holat ijtimoiy tarmoqlarda tanqid qilinganiga qaramay bartaraf etilmagan. Aksincha, vaziyat yanada yomonlashgan. Murojaatchilar fikricha, avvalgi ogohlantirishlar samara bermagan. Endi masʼullar holatni jiddiy o‘rganib, ogohlantirish bilan cheklanmasdan aybdorlarni aniqlash va javobgarlikka tortish choralarini ko‘rishi zarur. 🔰Telegram | Instagram | You Tube