TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #2454

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan1,580Jumlah tampilan
Diposting19 Agu19/08/2025, 13.31
Isi postingan

Isi

Samarqand shahrida Triatlon bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘tkazilishi munosabati bilan ayrim ko‘chalarda transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi Samarqand shahrida joriy yilning 23-24-avgust kunlari triatlon bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan tadbirlarni yuqori kayfiyatda o‘tkazish va joylarda jamoat tartibini saqlash maqsadida 24-avgust kuni soat 06:00 dan soat 13:00 ga qadar quyidagi manzillarda transport vositalarining harakati cheklanadi. Yopiladigan asosiy ko‘chalar: – Dahbed ko‘chasi (Motrid, Xo‘jag‘unjoyish, Xumo, Ma’rifat mahallalari hududi); – Ibn Sino ko‘chasi (Oqsaroy, Ibn Sino mahallalari hududi); – Rudakiy ko‘chasi (Istiqbol, Yangi Xayrobod, Afrosiyob, Imom Vose mahallalari hududi); – Toshkent ko‘chasi (Muborak mahallasi hududi); – Registon ko‘chasi (Registon mahallasi hududi); – Universitet xiyoboni (Guri Amir, Alisher Navoiy, Hamid Olimjon mahallalari hududi); – Namozgoh ko‘chasi (Furqat, Namozgoh, Hoja Ahrori Vali mahallalari hududi); – Termiz ko‘chasi (Chashma, Qo‘shchinor mahallalari hududi); – Sadriddin Ayniy ko‘chasi (Sadriddin Ayniy, Halifa Ibrohim, Gʻofur Gʻulom, Charmgari, Bog‘i Feruza mahallalari hududi); – Shabbod ko‘chasi (Abdurahmon Jomiy, Kaftarxona, Ogahiy, Ibn Sino mahallalari hududi); – O‘zbek trakt ko‘chasi (Rasadxona mahallasi hududi); – Usta Umar Jo‘raqulov ko‘chasi (Qo‘shtamg‘ali, Qoziariq, Joʻyisoy, Sharq tongi, Davlatshoh Samarqandiy mahallalari hududi); – Zarafshon ko‘chasi (O‘zbekkenti mahallasi hududi); Musobaqa masofalari: 1,9 kilometr suzish; 87 kilometr velosiped; 21,5 kilometr yugurish; Yo‘llar yopilishi bois haydovchi va piyodalarni vaqtinchalik noqulaylik yuzaga kelishi va harakatda ehtiyotkor bo‘lishga chaqiramiz, deyiladi viloyat IIB JXX YHXB Axborot xizmati xabarida. 🔰Telegram | Instagram | You Tube