TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #2456

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan1,060Jumlah tampilan
Diposting20 Agu20/08/2025, 05.57
Isi postingan

Isi

Urgutda transport-logistika markazi bunyod etilmoqda Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboev Urgut tumanining “Do‘stlik” mahallasida olib borilayotgan qurilish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi. Hududda temir yo‘l vokzali, avtovokzal, tibbiyot klinikasi, ixtisoslashgan maktab va ko‘p qavatli uylar bunyod etilmoqda. Yangi temir yo‘l uzeli nafaqat mintaqaning transport-logistika salohiyatini oshiradi, balki tadbirkorlik uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi hamda eksport hajmining ortishiga xizmat qiladi. Joyida mas’ullar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, qurilish va obodonlashtirish jarayonlarini jadallashtirish, yo‘lovchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish masalalari muhokama qilindi. Yakunda aniq topshiriqlar berilib, loyihalarni imkon qadar qisqa muddatda yakunlash vazifasi qo‘yildi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube