TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Isi postingan
Isi
Samarqandda qalbaki avtomobil moylari ishlab chiqarayotgan sex fosh etildi Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahri bo‘limi va shahar IIB xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbirda yashirin sex faoliyatiga barham berildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, fuqaro K.R. va boshqalar “O‘zbekiston 3-berk” ko‘chasidagi uyni ijaraga olib, u yerda “Felix”, “Sibiria” va “Rosdot” brendlari nomi ostida qalbaki moy, antifriz va tormoz suyuqliklarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan. Shuningdek, ular sexni umumiy elektr tarmog‘iga noqonuniy ulab, 245 mln so‘mlik elektr energiyasidan foydalangani ham aniqlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube