Isi
⚡️Yangi o‘quv yili 1-kurslar uchun 3-sentyabrdan, yuqori kurslarga 8-sentyabrdan boshlanadi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan oliy ta’lim tashkilotlari va akademik liseylarda yangi 2025/2026-o‘quv yilini boshlash sanalari tasdiqlandi. Unga ko‘ra: akademik litseylarning barcha bosqich o‘quvchilari va oliy ta’lim tashkilotlarining 1-bosqich talabalari uchun dars jarayonlari 2025-yil 3-sentyabrdan; oliy ta’lim tashkilotlarining 2- va undan yuqori bosqich talabalari uchun 8-sentyabrdan boshlanadi. Oliy ta’lim tashkilotlarida birinchi bosqichga qabul qilingan talabalar uchun “Kredit ta’limi tizimiga kirish” haftaligi hamda “Talabalikka bag‘ishlov” tadbirlari tashkil etiladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube