Isi
Kattaqoʻrgʻonda sobiq harbiy qism binolari yerini 600 ming dollarga sotmoqchi boʻlgan shaxs qoʻlga tushdi Samarqandda sobiq harbiy qism binolarini pullamoqchi boʻlgan shaxs qoʻlga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi. Ushbu holatda fuqaro L.E. Samarqand viloyati IIBB JQB Yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish boʻlinmasiga murojaat qilib, unga boshqa bir fuqaro Kattaqoʻrgʻon tumanida joylashgan tuman hokimligi zaxirasidagi yerlarni sotmoqchi boʻlayotganini bildirgan. Aniqlanishicha, fuqaro B.X. arizachiga tumanda joylashgan sobiq harbiy qism inshootlari joylashgan 12,7 gektar yer maydonini 600 ming AQSH dollari evaziga uning nomiga rasmiylashtirib berishini aytgan. Oʻtkazilgan tezkor tadbirda ushbu shaxs vaʼda qilingan pulning 40 ming dollarini avans sifatida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube