TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Isi postingan
Isi
Samarqand viloyati IIB YHXB boshlig‘i etib polkovnik Abdunabi Nosirov tayinlandi Ichki ishlar organlarida uzoq yillardan buyon faoliyat yuritib kelayotgan polkovnik Nosirov Abdunabi Rustamovich Samarqand viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Mazkur tayinlovga qadar u Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan. Shu paytgacha ushbu lavozimda ishlagan Shavkat Boyxo‘rozov nima sababdan ishdan olingani ma’lum qilinmagan. Maʼlumot uchun, Abdunabi Rustamovich 2017–2020-yillarda Samarqand viloyati YHXB boshlig‘i sifatida ham ishlagan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube