TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #2480

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan581Jumlah tampilan
Diposting2 Sep02/09/2025, 06.01
Isi postingan

Isi

“Vatanparvar” bog‘i zamonaviy ko‘rinishda qayta ta’mirlanadi Samarqand shahridagi umumiy maydoni 7,35 gektardan iborat “Vatanparvar” bog‘ida qurilish, ta’mirlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari boshlangan. Loyiha doirasida bog‘ hududida asosiy kirish qismi, avtoturargoh, boshqaruv binosi, savdo nuqtalari, favvora, umumiy ovqatlanish joylari, avtomat o‘yingoh, yopiq karting, yopiq bolalar o‘yingohi, 72 metrli charxpalak, ekstremal attraksionlar hamda restoran barpo etiladi. Qurilish ishlari yakuniga yetgach, “Vatanparvar” bog‘i 2026-yil yoz mavsumiga qadar zamonaviy qiyofa kasb etib, aholiga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube