TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #2481

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan578Jumlah tampilan
Diposting2 Sep02/09/2025, 07.07
Isi postingan

Isi

Piskent poligonida avtomobil sinovlari to‘xtatildi 2025-yil 2-sentabrdan boshlab avtomobillarni Piskent sinov majmuasida sinovdan o‘tkazish amaliyoti to‘xtatildi. Bu haqda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur tartib 2024-yil 1-noyabrda joriy etilgan paytda respublika bo‘yicha atigi 3 ta dilerlik markazi faoliyat yuritgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib 21 ta xorijiy kompaniyaning rasmiy dilerlari ish boshlagan. Ularga 100 dan ortiq avtomobil rusumlari bo‘yicha turini ma’qullash hujjatlari rasmiylashtirilgan. “Respublikamizda rasmiy dilerlar va servis markazlari soni keskin oshgani, shuningdek, iste’molchilarning bevosita rasmiy dilerlar bilan ishlash amaliyoti yo‘lga qo‘yilgani inobatga olinib, Piskent avtopoligonida avtomobil sinovlarini o‘tkazish amaliyotiga ehtiyoj qolmadi”, – deyiladi agentlik bayonotida. Eslatib o‘tamiz, yil boshida Piskent tumanidagi avtomobil sinov poligonida uzun navbatlar yuzaga kelib, jiddiy e’tirozlarga sabab bo‘lgandi. Avtomobil egalari bir dona elektromobilni sertifikatlash uchun 4,48 mln so‘m, benzin, dizel yoki gibrid avtomobillar uchun esa 5,6 mln so‘m to‘lashgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube