TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #2486

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan678Jumlah tampilan
Diposting3 Sep03/09/2025, 08.51
Isi postingan

Isi

Viloyat hokimiga yordamchi tayinlandi Viloyat hokimining tegishli farmoyishi bilan Toshnazarov Ahror Rahmatovich Samarqand viloyati hokimining yordamchisi etib tayinlandi. A.Toshnazarov 1986-yilda Kattaqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Samarqand qishloq xo‘jalik institutini tamomlagan (mutaxassisligi — fermer xo‘jaligini boshqarish). Ish faoliyatini 2009-yilda Samarqand viloyati bo‘yicha G‘aznachilik boshqarmasi devonxona mudiri sifatida mehnat faoliyatini boshlagan. Turli lavozimlarda ishlaganidan so‘ng, 2018-yilda viloyat hokimligi Axborot-tahlil guruhi bosh mutaxassisi lavozimiga o‘tkazilgan. So‘ng esa, viloyat hokimining moliya, iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari kotibiyatida faoliyat yuritgan A.Toshnazarov mazkur tayinlovga qadar viloyat hokimining Qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati mudiri vazifasida faoliyat olib borayotgan edi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube