TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Isi postingan
Isi
Samarqand tumanida muzlatgich omborida yong‘in sodir bo‘ldi 3-sentyabr kuni soat 13:27 da Samarqand viloyati FVBga “112” tizimi orqali Samarqand tumani “Dashtiobod” mahallasida joylashgan meva va sabzavotlarni saqlash muzlatgich omborida yong‘in chiqqani haqida xabar kelib tushgan. Voqea joyiga 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb qilinib, ular soat 13:31 da yetib borgan. Yong‘in soat 14:39 da to‘liq bartaraf etilgan. FVB ma’lumotiga ko‘ra, yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning sababi va yetkazilgan zarar miqdori o‘rganilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube