Isi
Prezidentning Xitoyga tashrifi yakunlandi: Hamkorlik kengaytiriladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasiga rasmiy tashrifi o‘z nihoyasiga yetdi. Tashrif davomida davlatimiz rahbari Xitoy Raisi Si Szinpin bilan keng ko‘lamli uchrashuvlar o‘tkazdi. 31-avgust kuni Shavkat Mirziyoyev Tyanszindagi “Meyszyan” kongress markazida Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitining norasmiy tadbirlarida qatnashdi. 1-sentyabr kuni esa SHHT Davlat rahbarlari kengashining yig‘ilishi hamda “SHHT plyus” formatidagi uchrashuvda ishtirok etib, ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qator tashabbuslarni ilgari surdi. Xitoy bilan iqtisodiy hamkorlik ham izchil kengaymoqda. Hozirda faqatgina Samarqand viloyatida Xitoy investitsiyalari asosida 147 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Bu ko‘rsatkich hududdagi xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning 24,8 foizini tashkil etadi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube