Isi
Qoʻshrabotda oʻqituvchiga 26 million so‘mdan ziyod ta’til pullari undirib berildi Qo‘shrabot tumanida yashovchi fuqaro Abdiqahhor Baharovga 2007–2024-yillar mobaynida 28-umumiy o‘rta ta’lim maktabidagi mehnat faoliyati davomida foydalanilmagan mehnat ta’tillari uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan kompensatsiya pullari amalda berib kelinmagan. Tuman adliya bo‘limiga bu borada murojaat qilgach, o‘rganishlar olib borilib, unga 26 million 622 ming 281 so‘m miqdoridagi asosiy va qo‘shimcha ta’tillar uchun kompensatsiyalar to‘lab berilmagani aniqlandi. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 234-moddasiga koʻra, mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga barcha foydalanilmagan asosiy va qo‘shimcha ta’til kunlari uchun kompensatsiya to‘lanishi shart. Ushbu holat yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Ishtixon tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritilib, natijada A.Baharovga tegishli kompensatsiya pullari Tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan to‘lab berildi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube