Isi
Kashf etilayotgan "bayram"lar yoki oldi-qochdi kanallar haqida Ijtimoiy tarmoqlar rivojlanib, insonlar vaqtining koʻp qismini mobil qurilmalarda oʻtkazmoqda. Shubhasiz, Oʻzbekistonda Telegram boshqa ijtimoiy tarmoqlarga qaraganda kengroq auditoriyaga ega. Ammo koʻpchilik Telegram foydalanuvchilari hali ham sifatli va ishonchli axborotni ajratishda qiynalmoqda. Bars internet nashri kuzatuvlari asosida, xususan Samarqand viloyatiga oid xabarlarni yoritib boruvchi ayrim kanallarning faoliyatini tahlil qildi. Natijalar esa biroz oʻylashga majbur qiladi. Samarqandliklar yoki “Samarqand” soʻzi bilan boshlanadigan koʻplab Telegram kanallari axborot tarqatishda manipulyatsiyalardan foydalanishi, yoʻq bayramlarni oʻylab topishi va ularni ulashish evaziga obunachi hamda koʻrishlar yigʻishi har qanday oʻzini hurmat qiladigan kishiga noqulaylik tugʻdirishi tabiiy. Biz sizdan bunday kanallarga obuna boʻlmang yoki kuzatmang deb aytmoqchi emasmiz. Shunchaki, rivojlanayotgan zamonda sifatli axborot olish huquqiga ega boʻlgan hamyurtlarimizni oldi-qochdi xabarlar, norasmiy va yolgʻon yangiliklardan xabardor boʻlishni emas, balki ularni farqlashni, yolgʻon xabarlariga aldanib qolmaslikni va “ulashing” degan postlarini koʻr-koʻrona tarqatmaslikni tavsiya qilamiz, xolos. Samarqand ahlini xolis va ishonchli axborot bilan taʼminlash borasida faoliyat koʻrsatayotgan Bars internet nashri axborotni saralay oladigan obunachilarini qadrlaydi. Eng qimmatli boʻlgan vaqt va eʼtiboringizni arzon kanallar uchun sarflamang! ©Tahririyat 🔰Telegram | Instagram | You Tube