Isi
Samarqandda qalbaki alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi aniqlandi Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan Samarqand tumanidagi “Parrandachilik” MFY hududida joylashgan doʻkonda tezkor tadbir oʻtkazildi. Tadbir davomida sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan umumiy bahosi 134,7 mln so‘mlik turli nomdagi 4 218 dona alkogol hamda 1 720 quti tamaki mahsulotlarini sotuvga qo‘yganliklari aniqlandi va ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) va 186¹-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube