Isi
Shaharlarda endi dori retsepti elektron ko‘rsatiladi O‘zbekistonda elektron retsept tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda. Endilikda shifokor yozgan dori retsepti bemor telefoniga keladi va dorixonada QR-kod orqali tekshiriladi. Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, 10-dekabrdan boshlab Toshkent, Samarqand va yana 14 ta hududda yangi tizim ishga tushadi. Bu — Prezident tashabbusi bilan sog‘liqni saqlashning yangi modeli joriy etilayotgan hududlarda amalga oshiriladi. Retseptda dori nomi, dozasi, qabul qilish tartibi va muddati aniq ko‘rsatiladi. Ma’lumotlar elektron tibbiy kartada saqlanadi, retsept esa QR-kod bilan tasdiqlanadi. Kuchli ta’sir qiluvchi, narkotik va psixotrop dorilar esa hozircha qog‘ozda yoziladi. Ular uchun elektron shakl 2027-yilgacha ishlab chiqiladi. Elektron retseptda klinika nomi, litsenziya raqami, STIR, shifokor va bemor ma’lumotlari bo‘ladi. Bu tizim dori vositalarining sotilishi va qo‘llanilishini onlayn nazorat qilish imkonini beradi. 2026-yil oxirigacha elektron retsept butun mamlakat bo‘ylab joriy qilinadi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube