Isi
Dunyoda semirib ketgan bolalar soni ilk bor ozg‘in bolalardan oshdi UNICEF hisobotiga ko‘ra, dunyoda semirib ketgan bolalar soni ilk bor ozg‘in bolalardan oshdi. 5–19 yoshdagi har 10 boladan biri, ya’ni taxminan 188 million bola ortiqcha vazndan aziyat chekmoqda. Muammo nafaqat rivojlangan, balki kambag‘al mamlakatlarda ham keng tarqalgan. Tadqiqotchilar buning sababini yuqori kaloriya, qayta ishlangan arzon mahsulotlarning ko‘pligida ko‘rmoqda. Semizlik esa diabet, yurak kasalliklari va ayrim saraton turlarini keltirib chiqaradi. UNICEF hukumatlarni bolalar sog‘lig‘ini himoya qilish uchun maktab oshxonalarini sog‘lomlashtirish, zararli mahsulotlarga soliq joriy etish va reklamalarga cheklov qo‘yishga chaqirmoqda. Statistikaga ko‘ra, bugungi kunda dunyoda 391 million bola ortiqcha vaznga ega, eng yuqori daraja Tinch okeani orollarida — 33–38%, rivojlangan davlatlarda esa 21–27%ni tashkil etadi. Agar choralar ko‘rilmasa, 2035-yilga kelib global iqtisodiy zarar yiliga 4 trillion dollar bo‘lishi mumkin. 🔰Telegram | Instagram | You Tube