Isi
Samarqandda yetti nafar kadastrchi ishdan olindi Samarqand viloyatida Davlat kadastrlari palatasi raisi M.K. Valiyev boshchiligida tahliliy-tanqidiy yig‘ilish o‘tkazildi. O‘nga yaqin xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan. Ular aholidan tushayotgan arizalarni asossiz rad etib, e’tiborsiz qoldirgan. Uchrashuvda aholi va tadbirkorlardan kelib tushayotgan arizalarning asossiz rad etilayotgani, murojaatlarga bee’tiborlik va mas’uliyatsiz yondashuv keskin tanqid ostiga olindi. O‘rganilgan asosli faktlar tahlili bo‘yicha viloyatning filial rahbarlaridan izoh so‘raldi. Palata raisi "Ariza va murojaatlarni belgilangan muddatlarda va qonuniy asosda javob berish, asossiz radlar uchun javobgarlik belgilanishi" - haqida ogohlantirdi. Bunday holatlarga yo‘l qo‘yayotgan 10 ga yaqin xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari belgilanib, 7 nafar kadastrchilar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube