Isi
😷Samarqand havosi keskin yomonlashdi Bugun ertalab Samarqand shahri Oʻzbekistondagi eng zararli havoga ega hududlardan biriga aylandi. Real vaqt maʼlumotlariga koʻra, shaharda AQI 212 ni tashkil etib, bu daraja havoning “juda zararli” toifasiga kiradi. Bu koʻrsatkich meʼyordan qariyb 20 barobar yuqori. Shunga qaramay, havo sifati baʼzi odamlarga sezilmasligi mumkin, ammo yuqori sezuvchanlikka ega shaxslar — bolalar, yoshi katta insonlar va surunkali kasalligi bor bemorlar — tashqarida boʻlish vaqtini cheklashlari yoki niqob taqish, derazalarni yopiq tutish kabi ehtiyot choralarini koʻrishlari tavsiya etiladi. Havo sifati yomonlashishiga janubi-g‘arb tomondan (Turkmaniston hududi va undan pastroq, Eron/Afg‘oniston cho‘l zonalaridan) yopirilgan chang boʻroni sabab boʻlmoqda. Qiyoslash uchun, hozirda Buxoroda havo ifloslanishi 393 darajaga yetib, “xavfli” toifaga chiqqan. Termiz (171) va Dushanbe (162) shaharlarida ham koʻrsatkich yuqori bo‘lib, mintaqada umumiy ekologik vaziyat og‘irlashgani kuzatilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube