Isi
Tramp: “Prezident Mirziyoyev – so‘zining ustidan chiqadigan inson!” AQSh prezidenti Donald Tramp Uzbekistan Airways va amerikalik Boeing korporatsiyasi o‘rtasida milliardlab dollarlik yirik kelishuv tuzilganini ma’lum qildi. Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi postida shu oyning boshida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan muzokara o‘tkazganini, bugun esa uni shartnoma imzolanishi bilan tabriklaganini qayd etdi. Shartnomaga ko‘ra, Uzbekistan Airways 22 ta Boeing 787 Dreamliner samolyotini sotib oladi. Bitimning umumiy qiymati 8 milliard dollardan ortiq. Donald Trampning so‘zlariga ko‘ra, mazkur kontrakt AQShda 35 mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratadi. Tramp shuningdek shunday deya ta’kidladi: "Prezident Mirziyoyev – so‘zining ustidan chiqadigan inson va biz boshqa ko‘plab masalalarda hamkorlikni davom ettiramiz". 🔰Telegram | Instagram | You Tube