Isi
Samarqandda byudjetdan 100 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi Xalq deputatlari Samarqand viloyati kengashi 2025-yil 23-sentabr kuni ikki qaror qabul qildi. Unga ko‘ra jami 100 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ yo‘naltiriladi. Birinchi qaror boʻyicha – 59,6 mlrd so‘m: Mustaqillikning 34 yilligini nishonlash va shaharni bezatish — 10 mlrd so‘m. Samarqand tumanida sayyohlik infratuzilmasi — 2,2 mlrd so‘m. Markaziy harbiy okrug madaniyat markazi qurilishi — 3,5 mlrd so‘m. “Obod qishloq” dasturi doirasida yo‘llar ta’miri — 10,5 mlrd so‘m. Payariq tumanida gaz tarmog‘i va shoxobcha qurilishi — 5,8 mlrd so‘m. Ikkinchi qaror – 41,3 mlrd so‘m: “Bolalar sog‘lomlashtirish jamg‘armasi”ga — 8,2 mlrd so‘m. Mustaqillikka bag‘ishlangan videofilm tayyorlash — 3,3 mlrd so‘m. Nurobodda bog‘cha va maktab uchun — 1,3 mlrd so‘m. Jomboy tibbiyot birlashmasiga rengen apparati — 850 mln so‘m. 🔰Telegram | Instagram | You Tube