Isi
Narpayda profilaktika inspektori pora bilan qo‘lga tushdi Narpay tumanida profilaktika inspektori lavozimida ishlagan shaxs mansab vakolatidan g‘arazli maqsadlarda foydalangani uchun sud oldida javob berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u 2024-yil 27-dekabr kuni fuqaroning murojaatini ijobiy hal qilish evaziga 400 AQSh dollari miqdorida pora talab qilgan. 2025-yil 25-aprel kuni esa 200 AQSh dollarini olayotganda, qolgan 200 dollarini ham berishni talab qilgan. Oradan bir kun o‘tib, ya’ni 2025-yil 26-aprelda fuqaro ushbu holat yuzasidan huquq-tartibot organlariga murojaat qilgan. Natijada DXX va IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda profilaktika inspektori 200 dollarni pora tariqasida olayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Hozirda ushbu shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan ayblov e’lon qilingan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube