Isi
Samarqandda paxta dalasida dronlar ishlamoqda Kattaqo‘rg‘on tumanida paxta yig‘im-terimi boshlandi. Joriy yilda tumanda 10 140 gektar maydonga paxta ekilgan bo‘lib, shundan 739 gektari “Xitoyning Shinjon texnologiyasi” asosida barpo etilgan. Hududda mehnat unumdorligini oshirish va hosilni o‘z vaqtida yig‘ib olish borasida katta ishlar amalga oshirildi. Xususan, joriy yilda 24 ta paxta terish mashinasi olib kelindi. Ulardan 9 tasi “Boshiran” rusumli bo‘lib, “Uzagrolizing” kompaniyasi tomonidan yetkazib berildi. Shuningdek, tashabbuskor fermerlar Xitoydan yana 5 ta, mahalliy tadbirkor tashabbusi bilan esa qo‘shimcha 10 ta mashina olib kelindi. Natijada bu mavsumda tumanda jami 32 ta paxta terish mashinasi ishlatilmoqda. Bu esa terim samaradorligini oshirib, qisqa muddatlarda yakunlash imkonini beradi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube