Isi
“Xalqaro tajribali murabbiy zarur” — O‘FA qarori bilan Cannavaro milliy jamoada Italiyalik futbol afsonasi, 2006-yilgi Jahon chempioni va “Oltin to‘p” sohibi Fabio Cannavaro O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi bo‘lishi kutilmoqda. U yiliga 4 million yevro maosh olishi haqida xabarlar tarqaldi. Agar bu ma’lumot tasdiqlansa, Cannavaro dunyodagi eng ko‘p maosh oladigan terma jamoa murabbiylari reytingida yuqori o‘rindan joy oladi. Eng ko‘p maosh oladigan terma jamoa murabbiylari: 1. Ancelotti — €9,5 mln (Braziliya) 2. Tuchel — €5,9 mln (Angliya) 3. Nagelsmann — €4,9 mln (Germaniya) 4. Cannavaro va Martinez — €4 mln (O‘zbekiston, Portugaliya) 5. Deschamps — €3,8 mln (Fransiya) Biroq 4 mln yevro maosh haqidagi xabar ba’zi manbalarda rasmiy emas, taxmin sifatida keltirilgan. Milliy jamoaning avvalgi murabbiyi Timur Kapadze 2025-yil yanvarida tayinlangan edi. U yoshlar terma jamoasi va Olympiya jamoasida ham murabbiylik qilgan, yaxshi natijalar qayd etgan. Shunga qaramay, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi milliy jamoani xalqaro maydonda yuqoriroq natijalarga olib chiqish uchun ko‘proq tajribaga ega, dunyo miqyosida tanilgan murabbiy zarurligini ta’kidladi. Shu sababli Kapadze o‘rniga Cannavaro tanlandi. Cannavaro va O‘FA o‘rtasidagi shartnoma shartlari bo‘yicha muzokaralar yakuniy bosqichda ekani aytilmoqda. OʻFA tez orada kelishuv haqida batafsil maʼlumot berilishini maʼlum qilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube