Isi
Pastdargʻomda "staj" uchun pora olganlar qoʻlga olindi Pastdargʻom tumanida buxgalteriya xizmatlari ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi MCHJ rahbari ikki fuqaroni aldagan. U o‘zining hisobini yuritayotgan korxonalarga ularni “go‘yoki xodim sifatida ishlagan” tarzda soxta ma’lumotlar kiritib, ish stajlarini sun’iy oshirgan. Natijada, har biriga 2,5 million so‘mdan pensiya tayinlanishi uchun “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi Pastdargʻom tumani bo‘limi xodimi bilan til biriktirgan. Mazkur xizmat uchun u 2 ming AQSh dollari talab qilgan. MCHJ rahbari kelishilgan puldan 1 900 dollarni olayotgan paytda Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Hozirda ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube