TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #2608

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan1,140Jumlah tampilan
Diposting6 Okt06/10/2025, 07.32
Isi postingan

Isi

Samarqandning uch yirik massivi aholisi uchun yangi issiqlik tizimi barpo etiladi Samarqand shahrining “Sattepo”, “Sug‘diyona” va “Mikrorayon” hududlarida issiqlik ta’minoti tizimini yangilash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Bu haqda Samarqand shahar hokimligi Axborot xizmati xabar berdi. Loyiha doirasida 39,4 km uzunlikdagi zamonaviy issiqlik quvurlari yotqizilmoqda hamda umumiy quvvati 100 Mvt bo‘lgan uchta yangi qozonxona (ikki tasi 30 Mvt, bittasi 40 Mvt) qurilishi rejalashtirilgan. Qurilish va montaj ishlari yakunlangach, mazkur uchta massivdagi 381 ta ko‘p qavatli uy, 22 ta ijtimoiy soha obyekti hamda 18 864 ta xonadon markaziy issiqlik energiyasi bilan to‘liq ta’minlanadi. Bu esa 53 mingdan ortiq aholi uchun qish mavsumida barqaror, energiya tejamkor va xavfsiz issiqlik tizimini yaratish imkonini beradi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube