Isi
Samarqandda o‘lim bilan bog‘liq YTHlar kamaygan Viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasida Samarqand viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i Abdunabi Nosirov ma’lum qilishicha, joriy yilning 9 oyida viloyatda sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 21 taga (2,9 foizga) oshgan — 747 ta holat qayd etilgan. Shuningdek, o‘lim bilan bog‘liq hodisalar 17 taga kamaygan (198 dan 181 taga). Joriy yil davomida YPX inspektorlari tomonidan 538 ming 727 ta qoidabuzarlik aniqlangan. Shundan: 138 ming 54 tasi — qo‘pol qoidabuzarliklar, 2995 tasi — mast holatda transport boshqarish, 10 ming 639 tasi — svetoforning qizil chirog‘iga bo‘ysunmaslik, 30 ming 50 tasi — piyodalar tomonidan sodir etilgan qoidabuzarliklar hisoblanadi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube