TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #2610

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan1,100Jumlah tampilan
Diposting6 Okt06/10/2025, 14.10
Isi postingan

Isi

Inspeksiya xodimlari formali kiyim-bosh bilan ta’minlanmoqda Prezidentning PF-66-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yil 22-sentyabr kuni Vazirlar Mahkamasining “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 602-son qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, inspeksiya xodimlari uchun idoraviy formali kiyim-boshlar va farqlovchi belgilar tasdiqlandi. Formaning asosiy rangi — to‘q ko‘k, unda inspeksiya emblemasi tushirilgan kepka, ko‘krak qismida ikkita cho‘ntak hamda chap tomonda “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi” yozuvi joylashtirilgan. Laboratoriya xodimlari uchun esa ushbu yozuv forma orqa qismida bo‘ladi. Xodimning familiyasi, ismi va otasining ismi bosh harflari forma o‘ng tomonida aks etadi. Shuningdek, chap yengda shevron, to‘q ko‘k shim (yoki yubka) va qora charm poyabzal belgilangan tartibda kiyiladi. Hozirda Samarqand viloyati hududiy inspeksiyasi xodimlari bosqichma-bosqich ushbu formalar bilan ta’minlanmoqda. Ma’lumot uchun, inspeksiya xodimlari ilgariroq yonkamera (bodikamera) va planshetlar bilan ham ta’minlangan edi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube