TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #2611

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan577Jumlah tampilan
Diposting6 Okt06/10/2025, 15.25
Isi postingan

Isi

Kimlar maktab maslahatchisi bo‘lishi mumkinligi ochiqlandi Prezident qaroriga binoan, 2025-yil 1-oktyabrdan har bir umumiy o‘rta maktabga 1 ta shtat bo‘yicha maktab maslahatchisi lavozimi joriy qilinadi. Lekin, kimlar bu lavozimga tayinlanishi mumkinligi aniq emas edi, chunki maslahatchilarning malaka talablari hali belgilanmagan edi. 2025-yil 30-sentyabrdagi 368-sonli buyruqqa ko‘ra, maktab maslahatchilarining malaka tavsiflari tasdiqlandi. Talablar: Ta’lim darajasi: oliy yoki bakalavr diplomiga ega bo‘lishi lozim. Afzalliklar: magistratura yoki ilmiy daraja bo‘lsa, afzal hisoblanadi. Mutaxassislik: pedagogika yoki psixologiya yo‘nalishida bo‘lishi kerak. Istisno: • Maktabgacha va maktab ta’limi sohasidagi oliy ta’lim muassasalarini bitiruvchilar uchun mutaxassislik talab qilinmaydi. • “El-yurt umidi” jamg‘armasi bo‘yicha davlat stipendiyachilari ham maxsus mutaxassislik talab qilinmaydi. Nomzodlardan ish staji talab qilinmaydi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube