Isi
7-oktyabr kuni osmonni “Super Oy” yoritadi Bugun, 7-oktyabr kuni, Yer aholisi “Super Oy” deb ataluvchi noyob astronomik hodisani kuzatishadi. Oy Yerga odatdagidan 360 ming kilometrdan ham yaqinroq masofada bo‘ladi, natijada uning o‘lchami kattaroq va yorqinligi 30 foizga balandroq ko‘rinadi. Astronomlarning ma’lum qilishicha, Oy shu kuni o‘zining perigey nuqtasiga yetadi — bu Oy orbitasining Yerga eng yaqin nuqtasi hisoblanadi. Bu masofa Oy Yer orbitasining eng uzoq nuqtasidan qariyb 14 foizga yaqinroq. “Super Oy”ni kuzatish uchun eng qulay vaqt — kechqurun soatlari. Shu paytda Oy osmon gumbazida juda yorqin va yirik holatda ko‘rinadi. Shuningdek, oktabr oyida yana bir nechta qiziqarli hodisalar kutilmoqda: 13-oktyabr — Oy va Yupiter yaqin burchakda ko‘rinadi; 19-oktyabr tongida — Oy osmondagi eng yorqin sayyora Venera bilan yaqinlashadi; 21-oktyabr — Orionidlar mеteор oqimi avjiga chiqadi va har soatda o‘rtacha 5 ta “yulduz yog‘dusi”ni ko‘rish mumkin bo‘ladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube