Isi
Viloyat Madaniyat boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi Viloyat musiqali drama teatrida Madaniyat va san’at sohasi vakillari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov hamda viloyat hokimining o‘rinbosari Rustam Qobilov qatnashdi. Yig‘ilishda boshqarmaning markaziy apparati xodimlari hamda tizimga qarashli madaniyat muassasalari rahbarlari ishtirok etdi. Madaniyat vazirining buyrug‘iga asosan Botir Tugalov Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Botir Tugalov ilgari Madaniyat vazirligi tizimidagi qator mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan. U avval Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri direktori hamda viloyat musiqali drama teatri direktori sifatida ishlagan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube