Isi
Endi fuqarolarning roziligisiz tasvirga olish taqiqlanadi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi fuqarolarning shaxsiy hayoti va tasvir huquqini himoya qilishga qaratilgan qonun loyihasini ikkinchi va uchinchi o‘qishda ma’qulladi. Endilikda shaxsni suratga olish yoki tasviridan foydalanish uchun uning roziligi shart bo‘ladi. 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarni tasvirga olishda ota-ona yoki vasiy roziligi talab etiladi. Jamoat joylariga videokuzatuv tizimlari o‘rnatilganda, bu haqda ogohlantiruvchi belgi joylashtirish majburiy. Kiyim almashtirish xonalari va hojatxonalarda videokamera o‘rnatish qat’iyan taqiqlanadi. Qonun loyihasi fuqarolarning shaxsiy hayot daxlsizligini mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, hozir Senatga yuborilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube