TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Isi postingan
Isi
Bulung‘urda xorijiy kompaniya tabiatga 7 milliard so‘mlik zarar yetkazdi Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida faoliyat yuritgan “S.I.” xorijiy korxonasi atrof-muhitga 7 milliard so‘mlik zarar yetkazgani aniqlandi. Ekologiya vazirligi o‘tkazgan tekshiruvda kompaniya “Jomboy-3” hududida noqonuniy ravishda 50 kub metrdan ortiq tuproq qazib olgani ma’lum bo‘ldi. Ushbu joyda faqat geologik-qidiruv ishlari olib borishga ruxsat berilgan edi. Holat yuzasidan materiallar Bosh prokuraturaga yuborilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube