TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #2623

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan815Jumlah tampilan
Diposting9 Okt09/10/2025, 09.00
Isi postingan

Isi

8 ta holatda shaxsni tasvirga olish va uni tarqatishda rozilik so‘rash talab etilmaydi Avvalroq shaxsni suratga olish yoki tasviridan foydalanish uchun uning roziligi shart bo‘lishi haqida xabar bergan edik. Qonunga koʻra quyidagi 8 ta holatda tasvirga olish va uni tarqatishda rozilik so‘rash talab etilmaydi: qidiruvdagi shaxsni aniqlash uchun tasvirdan foydalanganda; jamoat tartibini saqlash yoki xavfsizlikni ta’minlash maqsadida videokuzatuv orqali tasvirdan foydalanganda; davlat organlari o‘z xizmat vazifasini bajarish jarayonida tasvirdan foydalanganda; qonunbuzarlik holatlari haqida xabar berganda tasvirdan foydalanganda; davlat xizmatchilarini ularning xizmat vazifasini bajarish yoki jamoatchilik oldidagi faoliyati vaqtida tasvirga olishda. jamoat joylarida (ko‘cha, maydon, park, stadion, sohil, bozor, transport, aeroport, vokzal, kafe, kutubxona, muzey va h.k.) hamda mitinglar, yig‘ilishlar va namoyishlarda, ommaviy tadbirlarda umumiy jarayonlarni aks ettirish maqsadida shaxslarni tasvirga olishda; agar tasvir ochiq manbada joylashtirilgan bo‘lsa yoki undan hamma erkin foydalana olsa (tijorat maqsadida foydalanish bundan mustasno). shaxs haq evaziga tushgan surat yoki video faqat o‘sha maqsadda — ya’ni oldindan kelishilgan yo‘nalishda foydalanilsa. 🔰Telegram | Instagram | You Tube