TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #2624

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan667Jumlah tampilan
Diposting9 Okt09/10/2025, 14.51
Isi postingan

Isi

Samarqandda patrul-post xizmati mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi Joriy yil 9-oktyabr kuni soat 14:15 larda Samarqand shahridagi Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, viloyat IIB Patrul-post xizmati bataloni inspektori boshqaruvidagi “Nexia-3” xizmat avtomobili “Damas” rusumli mashinaning orqa qismiga urilgan. Natijada “Damas” o‘z navbatida oldinda turgan “Damas-2” va “Lacetti” avtomobillariga to‘qnashgan. Hodisa oqibatida patrul inspektori hamda “Damas” haydovchisiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan va ular uyiga javob berilgan. Barcha haydovchilar hushyor holatda bo‘lgan. Hozirda holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, deb xabar bermoqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati. 🔰Telegram | Instagram | You Tube