TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #2629

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan617Jumlah tampilan
Diposting11 Okt11/10/2025, 06.20
Isi postingan

Isi

Samarqandda hibsda bo‘lgan ayol vafot etdi "Ezgulik" jamiyati rahbari Abdurahmon Tashanovning ma’lum qilishicha, Samarqand viloyatida 64 yoshli ayol vafot etgan. U qo‘y o‘g‘irlashda ayblanib, 25-iyul kuni hibsga olingan va 7-son tergov izolyatoriga joylashtirilgan. Ayol qandli diabet bilan og‘rigan bo‘lsa-da, advokatlar tomonidan so‘ralgan tibbiy tekshiruv o‘tkazilishiga ruxsat berilmagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, sog‘ligi yomonlashganidan so‘ng u Toshkentdagi “Sangorod” shifoxonasiga olib borilgan, biroq keyinchalik yana izolyatorga qaytarilgan. Bugun esa uning vafot etgani ma’lum bo‘ldi. Rasmiy idoralar hozircha voqea yuzasidan izoh bermagan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube