Isi
Samarqandda boʻladigan anjumanga 193 davlatdan 4 mingdan ortiq delegat keladi Oktabr oyining so‘nggi kunlarida Samarqand shahri BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti – YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga mezbonlik qiladi. So‘nggi 40 yil ichida ilk bor YUNESKO Bosh konferensiyasi Parijdan tashqarida, aynan Sharq va G‘arbni bog‘lagan Samarqandda o‘tkazilayotgani bilan tarixiy ahamiyatga ega. Sessiyada tashkilotning yangi bosh direktori saylanishi ham kutilmoqda. Sessiya tadbirlari “Ipak yo‘li” xalqaro turizm markazida bo‘lib o‘tadi. Bu yerda 8 ta mehmonxonada asosiy delegatsiyalar, shahar bo‘ylab esa 130 ta mehmonxonada qolgan ishtirokchilar uchun joylar tayyorlanmoqda. Forumda YUNESKO rahbariyati, kotibiyati, 193 davlatdan 4 mingdan ortiq delegat, shuningdek davlat rahbarlari, xalqaro tashkilotlar yetakchilari, vazirlar va elchilar qatnashadi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube