TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #2635

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan675Jumlah tampilan
Diposting13 Okt13/10/2025, 06.55
Isi postingan

Isi

Kattaqo‘rg‘onda uch tadbirkorga hukm o‘qildi Bugun Jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar sudi “T-NUTS” va “PICHOQCHI DRY FRUITS” MCHJ rahbari T. Abdijalilov hamda yana ikki shaxs — A. Abdumalikov (“UNITED JOY GROUP” MCHJ rahbari) va Sh. Qoziboyev (“Barakasini bersin tomorqa xizmati” MCHJ rahbari)ga nisbatan hukm chiqardi. Sud qaroriga ko‘ra, T. Abdijalilov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi va 228-moddasi 2-qismi “b” bandi bo‘yicha aybli deb topilib, 6 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. A. Abdumalikov va Sh. Qoziboyev esa shu moddalar bo‘yicha 5 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Ular 7 milliard so‘m miqdoridagi imtiyozli kredit mablag‘larini talon-toroj qilganlikda ayblanmoqda. Hozirda barcha sudlanuvchilarga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Samarqand viloyati sudi Axborot xizmati ta’kidlaganidek, sud hukmi qonuniy kuchga kirmaguncha, ular aybsiz deb hisoblanadi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube