TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #2636

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan819Jumlah tampilan
Diposting13 Okt13/10/2025, 07.10
Isi postingan

Isi

Samarqandda Agroinspeksiya xodimi pora bilan ushlandi Davlat xavfsizlik xizmati va viloyat prokuraturasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Agrosanoat majmuasi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Samarqand viloyati boshqarmasining yetakchi mutaxassisi pora olayotganda qo‘lga olindi. Aniqlanishicha, u Samarqand tumanidagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi fermer xo‘jaligida o‘tkazilgan o‘rganish jarayonida yer unumdorligiga zarar yetkazilgan holat yuzasidan choralar ko‘rmaslik evaziga 3 ming AQSH dollari talab qilgan. Shundan 500 dollarini avval olgan, qolgan 2 500 dollarni olayotganda daliliy ashyolar bilan ushlandi. Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube