TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #2637

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan813Jumlah tampilan
Diposting13 Okt13/10/2025, 13.32
Isi postingan

Isi

Samarqandda 130 ga yaqin “Tashvish tugmalari” o‘rnatildi Samarqand shahrida xavfsizlikni taʼminlash, jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar va sayyohlarning tinchligini himoya qilish maqsadida 40 dan ortiq “tashvish tugmalari” o‘rnatildi. Mazkur tizim Samarqandni xavfsiz turizm markaziga aylantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib, tugmalar parklar, bog‘lar, muassasalar hamda gavjum joylarga joylashtirilgan. Viloyat miqyosida esa jami 127 ta “tashvish tugmasi” o‘rnatilgan bo‘lib, shundan 40 tasi Samarqand shahriga to‘g‘ri keladi. — Agar fuqaro xavf yoki noxush holatni sezsa, tugmani bosishi kifoya. Xabar darhol tezkor harakatlanuvchi guruhga yetkaziladi va ular qisqa fursatda voqea joyiga yetib boradi, — deydi Samarqand viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi Axborot xizmati rahbari Shaxriyor Musurmonov. 🔰Telegram | Instagram | You Tube