Isi
Narpayda kumushning noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Narpay tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda kumush qimmatbaho metalning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Aniqlanishicha, Navoiy viloyatida yashovchi 1980, 1983va 1987-yillarda tug‘ilgan uch nafar shaxs “shartli xaridor”ga 18 kilogramm kumushni har bir grammini 11 700 so‘mdan hisoblab, jami 21 ming AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgan vaqtda jinoyat ustida ushlandi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi xulosasiga ko‘ra, ashyoviy dalil sifatida olingan metallning sof og‘irligi 16 kg 744 gramm bo‘lib, uning asillik darajasi “999” ni tashkil etgan. Baholash natijalariga ko‘ra, ushbu metallning umumiy qiymati 502 million 344 ming so‘mga teng. Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, kumushning kelib chiqish manbasini aniqlash bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube