Isi
Urgutda maktab oʻquvchi qizlari janjallashdi Ijtimoiy tarmoqlarda Urgut tumanidagi 41-umumta’lim maktabi 9-sinf o‘quvchi qizlari janjallashgani aks etgan videoxabar tarqaldi. Mazkur holat Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ishchi guruhi hamda tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘rganildi. O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, 13-oktyabr kuni 9- sinf o‘quvchisi F.F. va 9- sinf o‘quvchisi R.G. telefon orqali o‘zaro gap talashgan. Ertasi kuni, ya’ni 14-oktyabrda, soat taxminan 14:20 da Qoratepa MFY hududidagi Sarbozor ko‘chasida ular o‘zaro janjallashgan. Voqea joyida o‘quvchilarning sinfdoshlari ham bo‘lgan. Shundan so‘ng mazkur jarayonda ishtirok etgan o‘quvchilar va ularning ota-onalari bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilgan. Tuman IIB mas’ullari tomonidan jami 12 nafar o‘quvchilarning ota-onalariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga asosan bayonnomalar rasmiylashtirilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube