Isi
Davlat tashkilotlarida ma’naviyat va davlat tili maslahatchilari joriy etiladi 2026-yil 1-yanvardan boshlab respublika darajasidagi davlat organlari, xo‘jalik birlashmalarining markaziy apparatlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimliklarida rahbarning ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi joriy etiladi. Bu haqda Prezidentning 2025-yil 20-oktyabrda imzolangan “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida so‘z boradi. Qarorga ko‘ra, 2026-yildan boshlab: qardosh tillarda ta’lim beriladigan maktablar uchun o‘zbek tili darsliklarining yangi avlodi yaratiladi; maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari uchun o‘quv qo‘llanmalar ishlab chiqiladi; bolalar uchun “Mening ilk izohli lug‘atcham” rasmli lug‘at nashr etiladi; o‘zbek tilini o‘rgatishga oid zamonaviy animatsion video va audio mahsulotlar tayyorlanadi. Shuningdek, qaror doirasida quyidagi ishlar amalga oshiriladi: 2026-yil 1-mayga qadar o‘zbek tilini sun’iy intellekt asosida qo‘llab-quvvatlovchi platforma ishlab chiqish bo‘yicha hujjat loyihasi tayyorlanadi; 2026-yil 1-iyunga qadar ko‘p jildli “O‘zbekiston milliy qomusi” elektron shaklda tayyorlanadi; 2026-yil 1-dekabrga qadar “Ona tili. Qomus” kitobi chop etiladi. Shu bilan birga, 2025-yil 1-dekabrga qadar yangi so‘z va atamalarni birlashtiruvchi elektron platforma yaratish bo‘yicha ilmiy loyihaga tanlov e’lon qilinadi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube