Isi
Urgutda 9 kilogrammga yaqin giyohvand modda bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Samarqand viloyatida yirik miqdordagi “opiy” moddasining kontrabanda yo‘li bilan olib kirilishining oldi olindi. Ma’lum bo‘lishicha, Urgut tumanida yashovchi, 1998-yilda tug‘ilgan shaxs 8 kilogramm 860 gramm “opiy” moddasini Tojikistondan aylanma yo‘llar orqali mamlakat hududiga olib o‘tmoqchi bo‘lgan. U chegarachilarning qonuniy to‘xtash talabiga bo‘ysunmay, moddani tashlab qochishga uringan. Ammo tezkor choralar natijasida gumonlanuvchi ushlangan. Surishtiruv davomida uning jinoiy sherigi, 1966-yilda tug‘ilgan fuqaro ham aniqlanib, protsessual tartibda qo‘lga olingan. Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan ish qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube