Isi
Toʻy va marosimlarda maromiylik targʻib etiladi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Mahallalar uyushmasi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda “Nuroniy” jamg‘armasi tomonidan dabdabali to‘y va boshqa oilaviy marosimlarni ixcham, maromda o‘tkazishga qaratilgan “Maromiylik” targ‘ibot kampaniyasi boshlandi. Ushbu besh tashkilot tomonidan 90 kunlik chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan bo‘lib, unda soddalik, tejamkorlik va milliy qadriyatlarga asoslangan madaniyatni targ‘ib etish maqsad qilingan. Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-oktabrdagi qaroriga muvofiq, to‘y, sunnat, nikoh, maraka va boshqa oilaviy tadbirlar: 3 soatdan oshmasligi; 200 nafardan ortiq mehmon chaqirilmasligi; dabdaba va ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘yilmasligi belgilangan. Mazkur tartiblarni buzgan fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha, tadbir joyi egalari yoki tashkilotchilarga esa 30 baravargacha jarima qo‘llanadi. Takroriy holatda jarima 50 baravargacha oshiriladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube