TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Isi postingan
Isi
Samarqand shahrida jamoat transportida naqd to‘lov bekor qilinadi Samarqand shahrida yo‘lovchi tashish tizimini to‘liq raqamlashtirish yo‘lida navbatdagi qadam tashlanmoqda. Endilikda jamoat transportida naqd pul o‘rniga faqat elektron to‘lov tizimi orqali haq to‘lash joriy etiladi. Bu haqda Samarqand viloyati Transport boshqarmasi Axborot xizmati xabar berdi. Mazkur yangilik yo‘lovchilarga qulaylik yaratish, xizmat sifatini oshirish hamda transport tizimining shaffofligini ta’minlashga xizmat qiladi. Shuningdek, yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida shahardagi bekatlarda bir martalik elektron chipta sotib olish uchun to‘lov terminallari o‘rnatilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube