Isi
O‘zbekiston xalq artisti Yoqub Ahmedov vafot etdi O‘zbekiston teatr san’atida o‘chmas iz qoldirgan arbob, O‘zbekiston xalq artisti Yoqub Ahmedov 87 yoshida vafot etdi. Yoqub Ahmedov 1938-yil 3-yanvar kuni Namanganda tug‘ilgan. U A.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini tamomlagan. Uzoq yillar davomida O‘zbekiston Milliy akademik drama teatri sahnasida faoliyat yuritgan, ko‘plab spektakl va filmlarda yorqin rollar ijro etgan. “O‘tgan kunlar”dagi Azizbek, “Furqat”, “Ganga qizi”, “Hamza”, “Mehrobdan chayon” kabi asarlardagi obrazlari bilan el sevgisini qozongan. Yoqub Ahmedov nafaqat aktyor, balki teatr hayotini rivojlantirishda katta hissa qo‘shgan rahbar sifatida ham tanilgan. U so‘nggi yillarda O‘zbekiston teatr arboblari uyushmasi raisi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi. Uning samimiyot va mahorati bilan to‘la ijodi o‘zbek teatr va kinosi tarixida muhrlanib qoladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube