Isi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqandga keldi Prezident Shavkat Mirziyoyev UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi ochilish marosimida ishtirok etish uchun Samarqandga keldi. Ezgu an’anaga muvofiq, tashrif Imom Buxoriy maqbarasining ziyoratidan boshlandi. Bu — davlat rahbarining joriy, ya’ni 2025-yildagi beshinchi rasmiy tashrifidir. Shavkat Mirziyoyev yil davomida Samarqandga bir necha bor tashrif buyurgan: 22-mart kuni Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qilgan; 2-aprelda Samarqandda qator ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar bilan tanishgan; 23-aprelda yana viloyatga tashrif buyurib, yangi infratuzilma obyektlari faoliyatini ko‘zdan kechirgan; 25–26-avgust kunlari esa Iordaniya Podshohi bilan birgalikda Samarqandni ziyorat qilgan. Shunday qilib, bugungi tashrif Prezidentning beshinchi marotaba Samarqandga kelishi bo‘lib, u mamlakatda madaniyat, ma’naviyat va xalqaro hamkorlik sohalariga qaratilayotgan e’tiborning yana bir yaqqol ifodasidir. 🔰Telegram | Instagram | You Tube