TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #2687

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan640Jumlah tampilan
Diposting1 Nov01/11/2025, 08.12
Isi postingan

Isi

Anvar Boliyev Narpay tumani hokimi etib tayinlandi Bugun xalq deputatlari Narpay tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Anvar Boliyev Narpay tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Anvar Boliyev 1979-yil 16-iyul kuni Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida tug‘ilgan. U 2006-yilda Samarqand davlat universitetini, 2020-yilda esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2002-yilda “O‘zagrosug‘urta” davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasining Samarqand shahar bo‘linmasida sug‘urta agenti lavozimida boshlagan. Keyinchalik kompaniyaning turli bo‘linmalarida menejer, direktor o‘rinbosari va filial boshqaruvchisi sifatida faoliyat yuritgan. 2017–2022-yillarda “O‘zagrosug‘urta” kompaniyasining Samarqand viloyat filiali boshqaruvchisi bo‘lib ishlagan. 2022-yildan esa Narpay tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube